700 million foydalanuvchi va Telegram Premium

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
700 million foydalanuvchi va Telegram Premium

Telegram 2022-yilda dunyodagi top-5 eng koʻp yuklab olingan ilovalardan biri boʻldi va endi 700 milliondan ortiq faol foydalanuvchiga ega. Bu oʻsish faqat shaxsiy tavsiyalardan – Telegram ilovalarini reklama qilish uchun hech qachon pul toʻlamagan.

Telegram katta tezlikda oʻsib borayotgani tufayli koʻplab foydalanuvchilar jamoamizni qoʻllab-quvvatlash istagini bildirdi. Bugun Telegramning davomiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va ekskluziv qoʻshimcha funksiyalardan foydalanish imkonini beradigan Premium Telegram Premium obunasini ishga tushirmoqdamiz.

Bu bizga dunyodagi eng kuchli messenjerdan bepul foydalanish imkonini saqlagan holda foydalanuvchilar yillar davomida soʻragan barcha ogʻir resursli funksiyalarni taklif qilish imkonini beradi.

Premium Telegram Premium

Telegram Premiumga obuna boʻlish orqali foydalanuvchilar ikki marta oshirilgan limitlar, 4 GB fayl yuklash, tezroq yuklab olish, ekskluziv stikerlar va reaksiyalar, yaxshilangan chatlar boshqaruvi va boshqa koʻplab imkoniyatlarga ega boʻladi.

Shu bilan birga, foydalanuvchilarni jalb qilgan va ular deyarli oʻn yildan buyon suyanadigan barcha mavjud funksiyalar bepul boʻlib qoladi. Bundan tashqari, premium boʻlmagan foydalanuvchilar ayrim premium funksiyalardan foydalanishi mumkin boʻladi: masalan, Premium foydalanuvchilar yuborgan juda katta hujjatlarni yuklab olish va stikerlarni koʻrish, shuningdek, allaqachon xabarga qoʻshilgan premium reaksiyalar hisoblagichini oshirish uchun ularga bosish.

Obunachilar hissasi koʻp yillar davomida messenjerni rivojlantirish va takomillashtirish imkonini beradi va u dunyodagi yuqori texnologiyali kompaniyalar uchun yangi standartlarni belgilagan holda bepul, mustaqil va foydalanuvchilarga yoʻnaltirilgan boʻlib qola oladi.

Premium 4 GB yuklashlar

Istalgan foydalanuvchi har birining hajmi 2 GB gacha boʻlgan katta fayllar va media yuklashi hamda Telegram bulutida cheksiz xotiradan bepul foydalanishi mumkin. Telegram Premium bilan obunachilar endi 4 GB hajmli fayllarni yubora oladi. Bu 4 soatlik 1080p video yoki 18 kunlik yuqori sifatli audio uchun yetarli.

Barcha Telegram foydalanuvchilari Telegram Premiumga obuna boʻlgan yoki boʻlmaganidan qatʼi nazar ushbu yirik hujjatlarni yuklab olishi mumkin.

Premium Tezroq yuklab olish

Premium obunachilar media va fayllarni mumkin boʻlgan eng yuqori tezlikda yuklab olishi mumkin. Cheklanmagan bulut xotirangizdagi barcha kontentdan tarmogʻingiz koʻtara oladigan eng yuqori tezlikda foydalanishingiz mumkin.

Premium Ikki marta oshirilgan limitlar

Premium foydalanuvchilar ilovadagi deyarli barcha funksiyalar uchun ochirilgan limitga ega boʻladi. Premium bilan 1000 tagacha kanalni kuzatishingiz, har birida 200 tagacha chat boʻlgan 20 tagacha jild yaratish, istalgan Telegram ilovasiga toʻrtinchi hisob qoʻshish, asosiy roʻyxatda 10 ta chat qadash va 10 tagacha sevimli stikerlarni saqlashingiz mumkin.

Ilovadagi deyarli barcha narsa uchun ikki marta oshirilgan limitlar

Endi uzunroq tarjimayi hol yozishingiz va unda havola kiritishingiz mumkin. Xuddi shu tarzda Premium media izohlariga uzunroq belgilar kiritish imkonini beradi. 400 tacha sevimli GIF bilan istalgan xabarga javob berishning toʻgʻri usulini topish osonroq boʻladi. Va nihoyat, Premium foydalanuvchilar guruh va kanallariga koʻproq foydalanuvchilarni jalb qilgan holda bir vaqtda 20 tagacha ommaviy t.me havolasidan foydalanishi mumkin.

Premium Ovozni matnga aylantirish

Ovozli xabarlarni siz tinglashni xohlamaydigan, lekin ularda nima aytilganini koʻrishni xohlaydigan holatlarda matnga aylantirish mumkin. Transkripsiyalarni yaxshilashga yordam berish uchun ularni baholashingiz mumkin.

Premium Unikal stikerlar

Oʻnlab stikerlar butun ekran animatsiyalari tufayli yanada tomoshabinbop boʻldi. Bunday stikerlarni yuborish orqali Premium foydalanuvchilar istalgan chatda oʻz hissiyotlarni maksimal aniq va yorqin ifoda etishi mumkin: animatsiyalar barcha foydalanuvchilar uchun ijro etiladi. Telegram rassomlari ekskluziv toʻplamni har oy toʻldirib boradi.

Stikerlar panelingizning “Yaqinda foydalanilgan” boʻlimida barcha toʻplamlaringizdan Premium stikerlarni tez topishingiz mumkin.

Premium Unikal reaksiyalar

Premium foydalanuvchilarda xabarlarga reaksiya bildirishning koʻproq usuli mavjud: ular 10 dan ortiq yangi emojilar, jumladan, 👌😍❤️‍🔥💯 emojilaridan (shuningdek, yangi sevimli emojilar: 🤡🌭🐳) foydalanishi mumkin.

Premium Chatlar boshqaruvi

Telegram Premium ilova har doim maxsus jildni ochishi uchun birlamchi chatlar jildingizni (masalan, Barcha chatlar oʻrniga Oʻqilmaganlar) oʻzgartirish kabi yangi chatlaringiz roʻyxatini tartiblash vositalarini oʻz ichiga oladi.

Birlamchi jildingizni oʻzgartirish uchun chatlar roʻyxatingizda jildni bosib turing > Qayta tartiblash rukniga kiring va afzal jildingizni birinchi oʻringa ushlab torting.

Shu bilan birga, obunachilar yangi chatlarni avtomatik arxivlash va sukut qilish uchun Maxfiylik va xavfsizlik ruknida sozlamani yoqishi mumkin, bu hatto eng band chatlar roʻyxatini ham tartiblashga yordam beradi.

Premium Animatsiyali profil rasmlari

Premium foydalanuvchilarning profil videolari ilova boʻylab, jumladan, chatlarda va chatlar roʻyxatida barcha uchun ijro etiladi. Yangi koʻrinishingizni barchaga namoyish qiling yoki unikal takrorlanuvchi animatsiya bilan ijodiy qobiliyatingizni oching.

Premium Premium nishonlar

Barcha Telegram Premium obunachilari chatlar roʻyxati, chat sarlavhalari va guruhlardagi aʼzolar roʻyxatida ismlari yonida chiqadigan Premium maxsus nishonga ega boʻladi. Bu ular Telegramni qoʻllab-quvvatlashga yordam berishi va yangi funksiyalarni birinchi boʻlib oladigan klubning bir qismi ekanini bildiradi.

Premium Premium ilova ikonkalari

Biz telefon ekraniga Telegram ilovasi uchun ekskluziv ikonkalar toʻplamini yaratdik. Xohishlaringizni eng yaxshi aks ettiradiganini yoki fon rasmlari rangiga mos keladiganini tanlang. Obunachilar uchun toʻplamga Telegram Premium belgisi – yulduzlar, tungi osmon va turbo samolyot kiradi.

Premium ilova ikonkalari

Premium Reklamalarsiz

Ayrim mamlakatlarda koʻp obunachiga ega ommaviy kanallarda reklama beruvchilar Telegram rasmiy platformasi orqali joylaydigan xabarlar chiqishi mumkin. Foydalanuvchilar xavfsizligiga qaygʻurgan holda joylangan ushbu minimalist xabarlar Telegram joriy xarajatlarini qoplashiga yordam beradi. Ular Telegram Premium obunachilari uchun berkitiladi.

Premium obunalar Telegramga nafaqat premium funksiyalarning qoʻshimcha xarajatlarini qoplashga, balki barcha uchun Telegramning bepul versiyasini qoʻllab-quvvatlashga yordam beradi.

Barcha uchun takomillanishlar

Telegram Premium obunachilari uchun ajoyib funksiyalarni taqdim etishimiz bilan birga barcha uchun bepul funksiyalarni joriy etishda davom etamiz va buni istalgan ommabop ilovadan tezroq amalga oshiramiz. Bu yangilanish ham istisno emas – unda ommaviy guruhlar uchun qoʻshilish soʻrovlari, tashqi ulashuv uchun animatsiyali ekran, yaxshilangan bot tavsiflari va boshqalar taqdim etiladi.

Ommaviy guruhlar uchun qoʻshilish soʻrovlari

Ommaviy guruhlar endi qoʻshilish soʻrovlarini yoqishi mumkin, bu guruh adminlariga yangi aʼzolarni guruhga yozish uchun tasdiqlashidan oldin tekshirish imkonini beradi. Guruhni ochgan foydalanuvchilar Guruhga qoʻshilishni soʻrash bandini bosishi mumkin, bunda soʻrovlar faqat adminlar kira oladigan roʻyxatga qoʻshiladi.

Ommaviy guruhga qoʻshilish soʻrovi

Adminlar boʻlajak aʼzoga guruh qoidalarini aytishi, guruh va foydalanuvchi bir-biriga mos kelishi yoki kelmasligini tushunish uchun alohida chatda suhbatlashishi va hatto yangi aʼzo uchun syurpriz tayyorlashi mumkin. Bunday chatlarni yaratganda Telergam foydalanuvchiga u bilan guruh admini bogʻlanganini xabar qiladi.

Ommaviy guruhlar egalari Guruh haqida > Tahrirlash > Guruh turi > Kimlar xabarlar yuborishi mumkin? > Faqat aʼzolar bandini tanlash > Yangi aʼzolarni tasdiqlash bandini yoqish orqali qoʻshilish soʻrovlarini yoqishi mumkin.

Chatlarda tasdiq nishonlari

Jamoat arboblari va tashkilotlar xabarlar tasdiqlangan manbadan kelayotganinini koʻrsatish uchun tasdiq nishonini Verification Check olgan holda guruh, kanal yoki botini tasdiqlashi mumkin. Profillar, qidiruv natijalari va chatlar roʻyxatiga qoʻshimcha sifatida, ushbu nishonlar endi chatning yuqorisida chiqadi. Bu tasdiqlangan axborot manbalarini aniqlashni yanada osonlashtiradi.

Agar kamida ikkita ijtimoiy tarmoqda tasdiqlangan boʻlsangiz, guruh, kanal yoki botingizni tasdiqlashingiz mumkin.

Yaxshiroq botlar

Telegramdagi botlar soʻrovnomalar olish, toʻlovlarni qabul qilish va hatto butun veb-saytlar oʻrnini egallashga yordam beradi. Bot dasturchilari endi funksiyalarini namoyish qilish uchun Bu bot nimalar qila oladi? boʻlimiga surat yoki video qoʻshishi mumkin.

Bu bot nimalar qila oladi?

Attach Biriktirmalar menyusiga integratsiya qilingan botlar endi yakkama-yakka chatlarga qoʻshimcha ravishda guruh va kanallarda ham ishlashi mumkin.

Bot API – bu barcha foydalanishi mumkin boʻlgan bepul va ochiq platformadir. Agar oʻz botingizni yaratmoqchi boʻlsangiz, ushbu sahifa bilan tanishing.

Android uchun ilovada yaxshilangan chat prevyulari

Bu yangilanishda xuddi iOS uchun ilovadagi kabi yanada qulay chat prevyulari qoʻshildi. Endi toʻliq chatni oʻqilgan deb belgilamasdan koʻrish uchun uni varaqlashingiz mumkin. Chatni oʻqilgan deb belgilash, uni sukut qilish, qadash yoki oʻchirib tashlash imkonini berish uchun yangi tugmalar qoʻshildi.

Biror chatga razm solish uchun shunchaki chatlari roʻyxatida uning profil rasmini bosib turing.

Android uchun ilovada galereyaga avtomatik saqlash

Mediani galereyaga avtomatik saqlash funksiyasi yangi kuch bilan qaytdi: mediani saqlash funksiyasini endi foydalanuvchilar, guruhlar yoki kanallar bilan chatlar uchun alohida yoqish va faolsizlantirish mumkin.

Android uchun ilovada galereyaga saqlash

iOS uchun ilovada yaxshilangan tashqi ulashuv

2 GB (yoki 4 GB) gacha fayllarni yuborish imkoniyati bilan foydalanuvchilar katta media kontentlarni boshqa ilovalardan bevosita istalgan mobil platformadagi Telegramga oson ulashishi mumkin. Bu vaqt va xotira joyini tejaydi – faylni Telegramga yuborishdan oldin uni saqlashingizga toʻgʻri kelmaydi.

iOS qurilmasidagi boshqa ilovadan ulashilgan katta fayllarni yuborishda tort bilan bir juft finjon choy ichishga ulgurishingizni yoki bir finjon qahva bilan kifoyalanishga toʻgʻri kelishini bilish uchun animatsiyali yuklash chizigʻi chiqadi.

macOS uchun ilovada animatsiyali profil rasmi konstruktori

macOS uchun ilova foydalanuvchilari endi maxsus profil rasmini yaratishning tezkor usuliga ega – fokus sifatida istalgan stiker yoki animatsiyali emojini tanlang va rangli gradiyent fon qoʻshing. Uni oʻz profil rasmingiz yoxud guruh yoki kanal rasmi sifatida belgilashingiz mumkin – mavzuli chat uchun stok rasmini qidirish uchun vaqt sarflashga toʻgʻri kelmaydi.

Ulardan birini yaratish uchun Sozlamalar yoki Chat haqida sahifasiga kiring > Tahrirlash bandini bosing > Stiker yoki Emoji tanlang.

Tezroq va kuchliroq

Bu yangilanish xatoliklarni tuzatish, tezlikni oshirish va kichik funksiyalarni kengaytirish kabi mobil va desktop ilovalariga 100 dan ortiq tuzatma va optimallanishlarni oʻz ichiga oladi. Oxirgi iPhone va iPad qurilmalariga ega iOS foydalanuvchilari ilova boʻylab sezilarli darajada ravonroq animatsiyalarga (120 FPS) ega boʻladi. Android foydalanuvchilari muqobil ilova ikonkalarini sozlash, barcha oxirgi stikerlarni bittada tozalash va foydalanuvchi tarjimayi hollari yoki chat tavsiflarini tarjima qilish imkoniyatlari bilan birga ovozli va video xabarlarda audio va video sifati yaxshilanganini sezadi.

Bu yangilanish bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Agar ilovangiz sizga yangilanishni taklif qilmasa, kutib turing – yangi versiya tez orada taqdim etiladi.

Rahmat

Bugun Telegram tarixidagi muhim kun. U nafaqat messenjerning rivojlanishidagi yana bir muhim bosqichni, balki uning barqaror monetizatsiyasi davrining boshlanishini ham anglatadi. Biz Telegram kelajagi reklama beruvchilar emas, foydalanuvchilarga bogʻliq deb ishonamiz. Aynan shuning uchun foydalanuvchilar asosiy ustuvor vazifamiz boʻlib qoladi.


2022-yil, 19-iyun
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

그룹을 위한 스토리와 8가지 추가 기능

텔레그램은 9가지 새로운 기능으로 그룹 내 대화를 전혀 다른 수준으로 끌어올려 다대다 커뮤니케이션을 재정의합니다. 이제 그룹은 스토리를 게시하고 그들의 프로필 페이지에 게시물로 저장할 수 있습니다. 그룹은 독특한 배경화면과 상태를 설정할 수 있으며, 그룹의 프로필 커버의 색상과 로고 또는 링크 스타일에 이르기까지 가장 세부적인…
29-fev, 2024

저장한 메시지 2.0, 일회용 음성 메시지 및 8가지 추가 기능

1월 동안, 저희는 텔레그램에 10가지 새로운 기능을 추가했습니다 – 업그레이드된 저장한 메시지, 재생 후 삭제되는 일회용 음성 및 영상 메시지, 언제 당신의 메시지가 읽혔는지를 보여주는 상세한 읽음 확인 등 포함하여 더 많은 기능들이 있습니다.
31-yan, 2024

다채로운 전화, 타노스 스냅 효과 및 대규모 봇 업데이트

텔레그램의 2023년 10번째 업데이트는 향상된 전화 기능을 추가하여 성능을 개선하고 배터리 소모를 적게시키는 다채로운 색상의 새로운 디자인 적용, 메시지 삭제시 적용되는 새로운 증발 효과, 그리고 텔레그램 역사상 가장 큰 봇 업데이트 등을 포함하고 있습니다.
31-dek, 2023

채널 외관, 스토리 게시 등

이번 텔레그램 크리스마스 업데이트에서 채널은 배경화면, 이모지 상태 및 프로필 로고를 설정할 수 있고, 사용자는 채널 메시지를 스토리에 재게시할 수 있으며, 텔레그램 프리미엄을 한 번에 여러 사람에게 제공할 수 있으며, 경품 행사에 추가 상품을 포함할 수 있습니다.
23-dek, 2023